Nurmanov Shavkat Mirolim o'g'li, 01.01.1997-yil Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida tavallud topgan. Tillarga qiziqishi yuqori darajada bo'lganligi bois 2015-yil O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishida bakalavr bosqichiga o'qishga kirgan. 2019-yil bakalavr bosqichini tamomlab, Magistratura bosqichida "Sinxron tarjima asoslari" yo'nalishida ta'limni davom ettirgan. O'quv jarayonlari davrida, ingliz, nemis, rus kabi tillarni yuqori darajada o'rgangan.
Amalga oshirgan loyihalari:
120+ video darsliklar muallifi
AQSHning Amazon platformasida sotuvga qo'yilgan "GrammarTrick" nomli kitobi muallifi
www.engwithme.uz sayti va Empower | LC o'quv markazi asoschisi